Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Ayozgul

ertak ayozgul BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi Ayozgul

Bolalar uchun Ertak. Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, burun o‘tgan bir zamonda bir podshoh bolib, uning Ayozqul degan bir xizmatkori bor ekan.

Kunlardan bir kuni Ayozqul podshohning huzuriga kirsa, podshoh vazir-u donolari bilan bir toshni ko‘rib, juda ham o’zida yo‘q shod-u xurram bo‘lib oltirgan emish.

Ayozqul toshni ko’rib: — Ey podshohi olam, haqiqatdan bu toshingiz haqiqiy tosh ekan-u, lekin ichida bir ko‘k qurt bor ekan, — debdi.

Podshohning jahli chiqib, darg’azab bolibdi.

Keyin: — La’nati Ayoz, sen bir xizmatkor qarol bolsang, bu toshning qadrini qayoqdan bilarding?

Bu tosh podshohlik xazinasidan kelgan-ku axir, — debdi. Ayoz ham bo‘sh kelmasdan: — Olampanoh, shohim, o‘n yillik xirojga kelganmi, yigirma yillik xirojga kelganmi, baribir, toshingizning ichida qurti bor, — debdi yana.

Podshoh darg‘azab bo lib: — Bolmasa, ichidan ko‘k qurt chiqsa-chiqqani, chiqmasa shu joyning o‘zida kallangni tanangdan judo qilaman, —

— Tosh sinsa sinsin-u, lekin olampanoh amr=farmonlari sinmasligi kerak, —- debdi. Podshohning battar jahli chiqib, ilonday qahri kelib, vazirlariga toshni sindir, deb buyuribdi.

Vaziri dono qora toshni bir urib sindirib, to‘rt bolak qilibdi. Darhaqiqat, toshning ichidan bosh barmoqday bir ko‘k qurt chiqibdi Podshoh Ayozqulning aql-u farosatiga va karomatiga qoyil qolibdi.

Keyin «Har kuni Ayozqulga bitta non ortiq haq berilsin», deb amr qilibdi. Podshohning amrini vazirlar bajo qila boshlashibdi.

Bir kuni podshoh bir tulpor otni otxonadan olib kelib, uni dunyoda tengi yo‘q deb maqtab-maqtab ovga hozirlik ko‘ra boshlabdi. Podshohning u ishlarini ko’rib Ayozqul:

— Ey podshohi olam, otingiz maqtaganingizdek ot ekan-u, lekin sigir emgan ot ekan-da, — debdi. Ayozning bu gapidan podshoh darg’azab bo’lib:

— Ey ahmoq, doim mening ishimdan ko’ngling to‘lmaydi-ya. Qani, yilqiboqarni bu yerga keltir, — debdi. Uni olib kelishibdi. — Ey, yilqiboqar, — debdi podshoh, — qani ayt-chi, sen bu qora tulporni qanday qilib, nima berib boqqansan? — debdi. Podshohning gapini eshitib, yilqiboqar:

Ey podshohi olam, bu tulpor asli bir qora bedov qayqi biyaning bolasi edi. Tulpor biya tuglb o lib qolgandan keyin uni bir sariq sigirga emizib katta qilgan edim.

Otingizning boshqa aybi yo‘q, — debdi. Ayozning bu farosat va karomatini ko’rib qoyil qolgan podshoh «Kuniga yana bir ortiq non beringlar», deb amr qilibdi.

Kundan kun, oydan oy o‘taveribdi. Kunlarning birida podshoh taxtida o’tirgan ekan, bir bog‘bon bir ko‘za sharbat olib kelibdi. Polshoh vazir-u donolarini chaqirib ziyofat beribdi.

U nihoyatda kayf-u safo qilib o’tirgan ekan. Ayozqul odatdagidek xabar olgandek kirib kelibdi.

Podshoh o’zida yo‘q xursand bo’lib oltirganidan o‘zi ichayotgan sharbatdan bir kosasini ich deb, Ayozqulga uzatibdi. Ayozqul sharbatni ichib: — Ey taqsir, pod- shohi olam, bu ichayotgan sharbatingiz ajoyib ekan-u, lekin odamning jonidan suv ichgan tokning uzumidan bolgan ekan, — debdi.

Podshoh- ning juda ham jahli chiqib ketib, darg’azablanib: — Sen hali meni jallod deb bildingmi? — debdi.

Keyin, gaping to‘g‘ri bolsa, mukofot olasan, bordi-yu noto‘g‘ri gapirgan bo’lsang, teringni shilaman, — debdi-da, bog‘bon kelgach: — Ey bog’bon, sen kecha keltirgan sharbat qaysi bog‘ning uzumidan bolgan, rostini ayt, yolg‘on aytsang, dorga torttiraman, — debdi.

— Ey podshohi olam, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, gapning rostini aytaman, — debdi. Podshoh: — Bor, kechdim, rostini ayt, — debdi.

Bo‘bon — Rostini aytsam ayta qolay, poshoni davlatpanohim, bog‘da mana

shunaqa yaxshi sharbat olinadigan bir tup qora uzum bor edi. Shu uzum juda ertapishar va sharbatbop uzum edi.

Qanchalik poylab asrab-avaylasam-da, o‘g‘ri kelib, shu uzumni o‘g‘irlab ketaverar edi. Kunlardan bir kuni poylab yotib edim, bir o‘g‘ri kirib uzumni uzib, qo‘yniga sola boshladi.

Poylab turib qolimdagi tayoq bilan bir urgan edim, «shilq» etib o‘rniga yiqildi-da, o’sha zahoti o’lib qoldi. Ana shu o‘g‘rini hech kim ko’rib qolmasin deb o‘sha tokning tagiga ko’mgan edim, — debdi. Ayozning aql-u idrokiga, toparmon-bilarmonligiga qoyil qolib, podsho:

— Barakalla, Ayozqul, sening karomatingga qoyil qolib, tan berdik, — debdi. Podshoh shunday deb unga yana bir ortiqcha non in’om qilibdi. Bu so’zni eshitib,

Ayozqul podshohga qarab: — Ey, podshohi olam, siz o‘zingiz juda zo‘r, adolatli podshohsiz-u, lekin sizning otangiz asli nowoy bolgandi, — debdi. Bu so’zni eshitib, podshohning juda qahri, ilonday zahri kelibdi. Hozir onamni chaqirib so’rayman.

Gaping yolg’on chiqsa, teringni shilib, somon tiqaman, — debdi. Podshoh onasini chaqirib: — Ey, ona, qani ayting-chi, mening otamning zoti kim bo’lgan? Rostini ayting, rostini aytma- sangiz, ishning oqibati yomon bo’ladi, — debdi. Podshohning onasi:

— Ey, aziz bolam, ko‘rar ko’zim, bir qoshiq qonimdan kechsang, otangning zoti-yu kimligini ro‘y-rost aytaman. Bolmasa tilim bormas, – debdi.

 

— Еу, onajon, barakalla, bir qoshiq qoningdan kechdim, — debdi podshoh. Onasi: Unday bolsa, bolam, sening asl otang ham, onang ham nowoy edi.

Men esa asli podshohning xotini edim. Men bir necha marta qiz tug‘dim, lekin o‘g‘il farzand tug’madim. Bundan otang darg’azab bo lib, o‘g‘il farzand ko’rmadim, deb mendan juda xafa bo’lib yurardi. Kunlardan bir kuni men yana bir qiz ko’rdim.

Sening asli nowoy onang ham o’sha paytda seni tuqqan ekan, mening yana qiz tuqqanimni otang eshitsa, aytganini qilib meni oldirtirib yuboradi, deb qo’rqib xizmatkorim kayvoni kampirni bir la li tilla bilan yangi tuqqan qizimni qo‘shib almashtirib kelish uchun onangning oldiga yubordim.

Ular kambag‘al nowoy edi, qizlari ham bolmagan edi. Menda esa aytganimdek o‘g‘il yo‘q edi. Onang qiz bilan bir la li tillani olib qolib, seni menga berib yuboribdi. Men o’zimda yo‘q xursand bolib, endi 0‘limdan qoldim deb, podshoh otangga, mana o‘g‘il tug‘dim, deb ko’rsatdim.

Podshoh xursand bo lib, qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib berdi. Seni o‘g‘lim deb boqdim, tarbiya qildim… Keyin otangning umri qisqa ekan, vafot etib ketdi, davlati, mana senga qoldi. Bolam, hamma gap shu, — debdi.

Podshoh onasiga javob berib yuborib, Ayozga qarab shunday debdi: — Ayozqul, sening aql-u farosatingga yana bir bor qoyil qoldim, balli. Qani, menga aytib ber-chi, mening otamning nowoy ekanligini qayerdan bilding? — debdi. Podshohdan bu so‘zni eshitib, Ayozqul:

 

— Еу, podshohi olam, mening sizga ko’rsatgan aql-u farosatim va karoma- timning har bittasiga bir shahar hokimligini bersangiz arzir edi. Lekin men shunchalik sizga aql-u farosat ko‘rsatgan bo‘lsam-da, siz har biriga bittadan non in’om etdingiz.

Yana donishmandlar: «Nowoyga non aziz, kulolga sopol» deyishgan. Sizning otangizning novvoyligini shundan bildim, — debdi. — Ey, Ayozqul, sening karomating-u aql-farosatingga balli, senga juda ham qoyil qoldik, — deb podshoh Ayozqulni bir shaharga noyib qilib qo‘yibdi.

Oydan oy otibdi, kundan kun, yildan yil otibdi, kunlardan bir kuni podshoh vafot etib, el-u yurt egasiz qolibdi. El-u xalq yigllib, kimni podshoh qilish haqida uch kecha-yu uch kunduz maslahat qilishibdi. Birov uni podshoh qilamiz, debdi, birov buni.

Ko pchilik mehnat ahli esa mamlakatga aqlli, dono, fahm-farosatli kishi podshoh bolsin deb turib olishibdi. Keyin Ayozqulni pod- shoh qilib ko tarishibdi. Ayozqul podshohlikni o’ziga lozim ko’rmay, bir necha kun ko‘nmay yuribdi.

Oxiri qo‘yishmagach, podsholikni olibdi. Ayozqul pod- shoh bo lib, barchaning arzi holiga baravar quloq solibdi. Dehqonlar bilan qullarning soligini ozaytiribdi, kambag’al-qashshoqlarga yer-suv beribdi. Mamlakatda adolat o‘rnatibdi, o’zining podshohlik darvozasiga

«Qul choriglni unutmas, Ayozqul. 0‘zingni bil, o‘zgani qo‘y», deb yozib qo‘yibdi. Shunday qilib Ayozqul qirq yil podshohlik qilib, hamma rohat-farog‘atda yashab, yaxshini yaxshi ko‘rib, yomonni ham yaxshi qilib, murod-u maq- sadiga yetibdi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика