- BODRING
- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Kimyoviy tarkib
- Fiziologik ta’sir
- QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLASH VA PROFILAKTIKA
- Podagra, buyrak va o‘t qopi kasalliklari, yurak-qon tomirlari kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida
- Yo‘talni davolash
- Gemorroy va qabziyatni davolash
- Buyrakni tozalash
BODRING
Bodring eng qadimgi sabza- votlardan bittasidir. U 90-95 % suvdan iborat, kaloriysi juda kam, shuning uchun parhezbop sabzavotdir. Xalq tabobatida asoсан бодринг шарбати қўлланилади
KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
Kimyoviy tarkib
Bodring suv, oqsil, shakar, xlorofill, fosfor, kaliy, natriy, magniy, sink, mis, temir, xlor, xrom va hatto kumush qoldiqlariga ega. Sabzavot tarkibida ko‘p miqdorda S, Eo‘ va V, vitaminlari bor.
Fiziologik ta’sir
Bodringdan tayyorlangan vositalar yumshoq ich surish xususiyatiga ega, jigar faoliyatini me’yorga keltiradi, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi, arterial qon bosimini tushiradi, samarali va xavfsiz peshob haydovchi vazifasini o‘taydi. Bodring sharbati yo‘talga, shamollashga, og‘riqqa qarshi yaxshi vositadir, shuningdek, yoshartirish xususiyatiga ega. Muntazam bodring tanavul qilish yomonsifatli o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini olishi borasida kuzatuvlar qilingan. Bu sabzavot davolovchi kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.
QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Kullaniladi: qabziyat, gemorroy, jigar va buyrak surunkali kasalliklari, gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, podagra.
Qarshi ko‘rsatma: yuqori kislotali gastrit, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak kasalliklari, qalqonsimon bezi faoliyati buzilishi.
DAVOLASH VA PROFILAKTIKA
Podagra, buyrak va o‘t qopi kasalliklari, yurak-qon tomirlari kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida
1-retsept
Bodring sharbati 100 ml dan 5 mahal, ovqat- dan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi – 7 kun.
2-retsept
0,5 l bodring sharbatiga biroz makkajo‘xori popugi damlamasi, 1 osh qoshiq shivit sharbati va 3 osh qoshiq sabzi sharbati qo‘shiladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 5 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi – 3-4 kun.
Yo‘talni davolash
1-retsept
200 ml bodring sharbati 1 osh qoshiq asal va 3 osh qoshiq shafran damlamasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2-4 qoshiqdan kuniga 6-8 marta quruq yo‘talda ichiladi.
2-retsept
200 ml bodring sharbati 1/2 choy qoshiq sa- rimsoq piyoz sharbati va 2 osh qoshiq qora turp sharbati bilan aralashtiriladi. Unga 1 choy qoshiq asal va 2 choy qoshiq na’matak shinnisi ham qo‘shiladi. Quruq va ho‘l yo‘talda 2 osh qoshiqdan kuniga 6 marta ichiladi.
Gemorroy va qabziyatni davolash
1-retsept
Bodring qirg‘ichdan o‘tkaziladi, dokaga qo‘yiladi va tashqi gemorroydagi g‘uddaga qo‘yiladi. Muolaja kuniga ikki mahal toki g‘udda yo‘qolguncha qilinadi. Davolanish kursi davomida kuniga 2-3 marta bodring sharbatini iching.
2-retsept
Surunkali qabziyatda har kuni 1 kg bodring salat ko‘rinishida, ozroq rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i qo‘shilgan holda eyilishi kerak. Davolanish ich kelishi me’yorga tushguncha qilinadi.
Xusnbuzarni davolash va uning oldini olish
1-retsept
Urug‘lik bodring to‘g‘raladi va ustidan 250 ml aroq quyiladi, 7 kun damlanadi (vaqtivaqti bilan damlama chayqatilib turilishi kerak). Damlama suzib olinadi va yuz, bo‘yin, bo‘yinosti terisi tozalovchi loson sifatida ishlatiladi. Husnbuzar toshishining oldini olish uchun kuniga bir mahal (kechqurun), davolash uchun esa kuniga 2-3 marta 7 kun davomida yuz terisiga surtiladi.
2-retsept
100 ml bodring sharbati aroq bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Husnbuzar toshganda teri shu aralashma bilan kuniga 3 marta 7 kun davomida artib turiladi.
Buyrakni tozalash
Tozalash muolajasi 21 kunga mo‘ljallangan. Odatiy tarzda ovqatlaniladi, biroq zararli mahsulotlar ovqat ratsionidan chiqariladi: shirinliklar, dudlangan mahsulotlar, gazli va alkogol ichimliklar, mayonez va ketchup.
1-3-kunlari: faqat bodringdan qilingan taomlar tanavul qilinadi (qipiqli non bilan eyish mumkin), kechasiga 100 ml bodring sharbati ichiladi.
4-kundan 7-kungacha: 100 ml dan bodring sharbati kuniga 5 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Kechasiga distillangan suv bilan (2 l) hukna qilinadi.
8-kundan 14-kungacha: har kuni 300 g bodring eyiladi va 0,5 l bodring sharbati (bir ichganda 100 ml dan oshmasin) ichiladi.
15-kundan 21-kungacha: bodring sharbati brusnika bargi yoki makkajo‘xori popugi damlamasi bilan 2:1 nisbatdagi aralashmasi 100 ml dan kuniga 4 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.