Asab tizimi kasalliklari davolash

Batat shirin kartoshka Sabzavotlar

Asab tizimi kasalliklari davolash

Batat, yoki shirin kartoshka, chirmashuvchi- lar oilasiga kiradi. Bu sabzavot ko‘plab dorivor moddalarga ega bo‘lganligi sababli xalq tabobatida keng qo‘llaniladi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Batat tarkibida S (deyarli 5 %), RR, V, A, K, E, tiamin va riboflavin vitaminlari, shunin- gdek kalsiy, magniy, fosfor, temir, natriy, sink bor.

Bu sabzavot katta miqdorda kraxmal va kletchatkaga ega, unda progesteron ham bor.

Fiziologik ta’sir

Batat yumshoq ich suruvchi vosita, qonda qand miqdorini me’yorga keltiradi, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi, tomirlarni mustahkamlaydi,

arterial qon bosimini pasaytiradi, asab kasalliklari va anemiya rivojlanishining oldini oladi. Gormonal fonga ijobiy ta’sir qiladi.

QO‘LLASHGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: gipertoniya, ateroskleroz, asab tizimi kasalliklari, remissiya davrida oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yara kasalliklari, yuqori kislotali gastrit, klimaksga oid buzilishlar.

Kflpiuu ko‘rsatmalar: oshqozon va o‘nikki- barmoq ichak yara kasalliklari zo‘rayganda, individual yoqmasligi.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Klimaksga oid buzilishlarni davolash

1 -retsept

40 g batat qurigan bargi va po‘sti 1 l qaynoq suvda 1 soat damlanadi va suzib olinadi. Damlama 100 ml dan 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin klimaksda bo‘ladigan issiqlik quyilib kelishlarida ichiladi. Davolanish kursi 28 kun.

2-retsept

200 g batat po‘sti archilmay, yirik qirg‘ich- dan o‘tkaziladi, 2 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiqlimon sedrasi qo‘shiladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal klimaksdagi issiqlik quyilib kelishi va bosh aylanishida ichiladi. Davolanish kursi 21 kun.

3-retsept

100 g batat po‘stlog‘i 10 g yangi uzilgan yalpiz barglari bilan go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi, 100 ml pustirnik o‘ti damlamasi (1 osh qoshiq o‘t 200 ml qaynoq suvda damlanadi) qo‘shiladi va aralashtiriladi. 2-3 qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan yarim soat oldin klimaksda kayfiyat o‘zgaruvchanligida ichiladi.

4-retsept

200 g batat po‘sti va 20 g valeriana ildizi 5 l suvda past olovda 15 daqiqa qaynatiladi va 30 daqiqa damlanadi. Qaynatma suzib olinadi va vannaga quyiladi. Vannani ikki kunda bir marta klimaks bilan bog‘liq uyqusizlik, bosh og‘riqlarida qabul qilish lozim. Davola- nish kursi 10 ta vanna.

YUqori kislotali gastrit zo‘riqishi, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasining oldini olish

1-retsept

30 g quritilgan batat po‘sti, 10 g dastorbosh o‘ti va 5 g kalendula guli 300 ml qaynoq suvda 30 daqiqa damlanadi va suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga ikki mahal ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi. Profilaktika kursi 14 kun. Profilaktik davolanish yilda ikki marta (bahor va kuzda) o‘tkaziladi.

2-retsept

100 g po‘sti bilan qirg‘ichdan o‘tkazilgan batat ozroq asal bilan aralashtiriladi. Aralashma 20 g dan kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi. Profilaktika kursi 21 kun. Profilaktik davolanish yilda ikki marta (bahor va kuzda) o‘tkaziladi.

3-retsept

5 ta batat po‘sti bilan 2 l suvda tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Suvdan batat olinib, ovqatga ishlatiladi. Qaynatma esa dorixona moychechagi damlamasi bilan 6:1 nisbatda qo‘shiladi. Qaynatma 200 ml dan kuniga 2 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi 14 kun bo‘lib, yilda ikki marta (bahor va kuzda) o‘tkaziladi.

Ateroskleroz, gipertoniya va asab kasalliklari profilaktikasi

1 -retsept

Haftada ikki marta 200 g qaynatib pishirilgan batatni pishmagan sabzi va pishgan qizil lavlagi bilan tanavul qilish kerak.

2-retsept

50 g batat po‘stlog‘i 300 ml suvda 20 daqiqa damlanadi, po‘stloq elakdan ezib o‘tkaziladi va qaynatmaga aralashtirib yuboriladi. Biroz asal va sabzi sharbati qo‘shib yuboriladi. Aralashma 100 ml dan kuniga bir mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi 21 kun. Profilaktik davolanish yilda uch marta o‘tkaziladi.

3-retsept

100 g po‘stlog‘i bilan qirg‘ichdan o‘tkazilgan batat 1 osh qoshiq qizil lavlagi sharbati va 2 osh qoshiq na’matak damlamasi, 1 osh qoshiq asal qo‘shiladi. 2-3 osh qoshiqdan kuniga bir mahal (kechasiga) ichiladi. Profilaktika kursi 30 kun. Profilaktik davolanish yilda ikki marta o‘tkaziladi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика