- ARTISHOK
- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Kimyoviy tarkib
- Fiziologik ta’siri
- QO‘LLASHGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLASH VA PROFILAKTIKA
- Podagrani davolash
- 1-retsept
- Surunkali gepatitni davolash
- 1 -retsept
- 2-retsept
- Qandli diabetni davolash
- 1 -retsept
- 2-retsept
- Siydik-tosh kasalliklari
- 1 -retsept
- 2-retsept
- Eshak emi (krapivnitsa) ni davolash
- 1-retsept
- 2-retsept
ARTISHOK
Artishokni an’anaga ko‘ra sabzavotga kiritishadi, biroq u aslida yirik to‘pgulli, murakkab guldoshlar oilasiga kiruvchi o‘tsimon o‘simliqsir. Uning pastki mag‘izli qismi kulinariya va xalqtabobatida keng qo‘llaniladi.
KIMYOVIY TARKIB VA
FIZIOLOGIK TA’SIR
Kimyoviy tarkib
Artishok to‘pguli tarkibida oqsil (taxminan 3 %), uglevodlar (taxminan 15 %), yog‘ (0,1 %), temir va kalsiy tuzlari, fosfatlar, organik kislotlar, shuningdek, S, Vr V^, V3, R vitaminlari, karotin i inulin bor.
Tupgullar ningtashqi barglarida efir moylari mavjud.
Fiziologik ta’siri
Artishoklar ichak faoliyatiga yaxshi yordam beradi, oshqozonga og‘irlik qilmaydi, to‘q tutadi, ichni yurishtiradi, organizmdan xolesterin va kanserogenlarni chiqaradi, qonda qand miqdorini tushiradi.
Artishoklarni iste’mol qilish immunitetni oshiradi, erkin radikallarningsalbiy ta’sirini qirqadi, osteoporoz va ateroskleroz kasalliklari rivojlanishining oldini oladi, qon bosimini me’yorda ushlab turadi
va yurak urishini nazorat qiladi. SHuningdek, artishoklar yaxshi peshob va o‘t haydovchidir.
QO‘LLASHGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llaniladi: podagra, surunkali gepatit, yuqori kislotali gastrit, qandli diabet, ateroskleroz, siydiktosh kasalliklari, krapivnitsa.
Qarshi ko‘rsatma: jigar, buyrak va o‘t qopi kasalliklarining o‘tkir shakli, gipotoniya, past kislotali gastrit, homiladorlik va emizish.
DAVOLASH VA PROFILAKTIKA
Podagrani davolash
1-retsept
200 g artishok pastki barglari bilan birga go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi,
20 g grechixa asali va 3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi ezilgani bilan aralashtiriladi.
1 osh qoshiqdan kuniga ikki mahal (ertalab va kechqurun) ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi.
Davolanish kursi 3 oy.
2-retsept
500 g artishok 3 l suvda 15 daqiqa qayna- tiladi va suzib olinadi.
Artishok mayda to‘g‘raladi va qariqiz (lopux) barglari mayda to‘g‘ralgani bilan qo‘shiladi.
Qorishma dokaga surtilib, og‘rigan bo‘g‘imlarga 30 daqiqaga qo‘yiladi.
Muolaja bir kunda bir marta (ertalab) o‘tkaziladi. Artishok qaynagan suvni vanna qabul qilishda qo‘llash mumkin.
Vanna haftada bir marta qabul qilinadi. Davola- nish kursi 2 oy.
Surunkali gepatitni davolash
1 -retsept
300 g artishok 1 l suvda 15 daqiqa qaynatiladi, suzib olinadi. Pishgan artishok ovqat uchun ishlatiladi.
Qaynatma esa 20 g gul asali, 100 ml kalendula damlamasi va 100 ml makkajo‘xori popugi qaynatmasi bilan ara lashtiriladi.
Aralashma kuniga 2 mahal 200 ml dan ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi 28 kun.
2-retsept
20 g artishokning quritilgan pastki barglari ustidan 300 ml qaynoq suv quyiladi, 30 daqiqa damlanadi, suzib olinadi.
Damlama 100 ml dan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Davolanish kursi 20 kun.
Qandli diabetni davolash
1 -retsept
Haftada bir necha marta 200 g suvda pishgan artishokni eyish tavsiya etiladi.
Artishokka qirg‘ichdan o‘tkazilgan topinamburni qo‘shib eyish davolanish samarasini oshiradi.
2-retsept
200 g artishokka 1 l qaynoq suv quyib, 1 soat damlanadi va suzib olinadi.
Damlama 100 ml dan 3-4 mahal ovk tdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
Davolanish kursi 3 oy. Bir oy tanaffus qilib, kurs qaytariladi.
Siydik-tosh kasalliklari
1 -retsept
20 g qurigan artishok barglari va 10 g brusnika va ertuti barglari aralashmasi 0,5 l qaynoq suvda 30 daqiqa damlanadi va suzib olinadi.
Damlama kuniga 3 mahal 150 ml dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davola- nish kursi 21 kun.
2-retsept
200 g qaynatilgan artishok maydalanib, qichitqining to‘g‘ralgan barglari bilan 4:1 nisbatda aralashtiriladi.
Aralashma 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin eyiladi. Davolanish kursi 14 kun.
Eshak emi (krapivnitsa) ni davolash
1-retsept
1 kg qaynatilgan artishok elakdan ezilib o‘tkaziladi, hosil bo‘lgan pyure zararlangan teriga
20 daqiqaga qo‘yiladi, so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Muolajani kuniga ikki mahaldan toshma butunlay yo‘qolguncha qilinadi.
2-retsept
20 g artishokning quritilgan pastki barglari, 5 g chistotel o‘ti va 10 g bo‘znoch (bessmertnik)
o‘ti 300 ml qaynoq suvda 30 daqiqa damlanadi va suzib olinadi.
Damlama bilan toshmalar kuniga 5-7 marta surtilib chiqiladi.
Muolajani toshma yo‘qolguncha qilish ke- rak.
Ushbu maqolalarni ham o’qing: