Aroqning Zarari Va Uning Inson Tanasiga Ta’siri Xakida

Арокнинг Зарари aroqning zarari XALQ TABOBATI

Aroqning Zararlari Xakida Ma’lumot

Aroqning Zarari: Aroqni va harom narsalarni ichish hamda eyish Islomda katta gunohdir. Ichish va chekish kishilarga salbiy ta’sir qilish bilan bola-chaqadan va ota-onadan ajratib, boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘yadi.

Ichkilik jigar, miya,yurak, me’da, qorajigar, ichaklar, buyrak va qovuqni buzadi va ularni holdan toydiradi.

Vaqt o‘tishi bilan tirnoq, falaj, moxov, pes, siydik tutmaslik, qovuq qichimasi, istisqo kasalliklarini tug‘diradi. U asabga juda zararli narsalardandir.

SHahvat va jinsiy aloqaga aks ta’siri bor, u sovitadi va ho‘llaydi hamda asablar yuzalaridagi kasalliklarni qamrab oladi va yomon nazlalar hamda kulg‘unalar keltirib chiqaradi.

YOng‘oq, bodom va danaklar iste’mol qilish hamda siydik haydovchi petrushka urug‘idan choy qilib ichish lozim,
im, sharob ichishdan chetlanishi kerak.

Peshobni yurishtiruvchi dorilar iste’mol qilinadi. Masalan, yalpiz, dolchin va gazak o‘tlarning qaynatmasini aralashtirib, 20 kun 3 mahal 100 grammdan ichish.

Aroq ichgan kishining mijozi juda issiq bo‘lsa, uning tomirlarida va ichki a’zolarida safroning to‘planishi, qonning g‘alabasi va bo‘shliqlar va (badan) idishlarining limmo-lim to‘lib ketish xavfi paydo bo‘ladi.

Natijada qon saktasi va to‘satdan o‘lish sodir bo‘ladi. Agar kishi sovuq mijozli bo‘lsa, ikki vajhdan barcha
asab kasalliklariga duchor bo‘ladi. Ikkinchisi, mayda bo‘shliqlariga burilishdir. (Aroqning Zarari)

Bu behad zararli bo‘lib, asablar titroq, yuz falaji va badan ozib qolishi paydo bo‘ladi. Aroqdan kelib chiqadigan modda engil bo‘lgani uchun bu kasalliklar boshqa sabablardan kelib chiqqanita nisbatan osonroq tuzaladi.

Issiq mijoz sohibi qon oldirishda va meva sharbatlari vositasida surgi qilishda davom etishi va ko‘plab anor sharbatini iste’mol qilishi, erman talqonini tanovul qilishi shart.

Aroq qonni kuydirish, xiltlarni buzish, miyani shishirish, yallig‘lanish va sil kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Aroq ichishni kanda qilmagan kishi badanlarida nazlalar va asab kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Buni davolash uchun bir oy zanjabil bilan asal olinib, tez-tez yalanadi. So‘ng badan juda liq to‘la bo‘lmasa, har kuni bir yala mahal badantarbiya qilish yoki gardan bo‘g‘inlarini qattiq uqalash kerak.

Anor suvi yoki asal tanovul qilish, issiq mijozli kishi undan ozroq zararlansa, achchiq bo‘yimodaron qaynatib ichilsa, foyda qiladi.

Och qoringa aroq ichilsa, ingichka oriq kasalligi, ichki a’zodagi shishlar, sasishdan bo‘ladigan isitmalar va kuchli bosh og‘riq kasaliga giriftor bo‘ladi.

Uni davolash: Quritish va aroqning quvvatini kesish uchun ustidan 10 kun 3 mahal arpa talqonini 2 osh qoshiqdan kapalash va chilonjiyda bilan behidan tanovul qilish lozim.

Agar zarar qilsa, unga qarshi turadigan narsalarning eng yaxshisi nordon anor va g‘o‘ra uzum qiyomini 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

Nordon narsa esa kuydiradi va o‘z nordonligi bilan ko‘ngil aynishini qo‘zg‘atadi, natijada aroq zarari ustiga yana zarar ortadi.

Agar shunday holat sodir bo‘lsa, yurak, jigar va bosh ustiga qizil gul qaynatmasiga lattani to‘yintirib, yopishtirib qo‘yish (3 kun 3 mahal) tavsiya etiladi.

Xashoratlar ning Zararlari Va Davolashning Ayrim Usullari Xakida

Zaxarlanish Turlari Belgilari Va Davolash Xaqida Maslahatlar

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика